«tashabbusli budjet» tegli maqolalar


“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi g‘oliblari aniqlandi
5 aprel 2024, 22:45

“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi g‘oliblari aniqlandi

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi. Respublika bo‘yicha jami 2 770 ta loyiha g‘olib deb topildi, endi ularni moliyalashtirishga 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi. Bu galgi ovoz berish jarayonlarida 11,7 mln kishi ishtirok etdi.

Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi
5 aprel 2024, 15:33

Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi

Tashkilot rahbarlarini Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamov jarimaga tortildi. U ovoz yig‘olmagan rahbarlarni ishdan olish bilan qo‘rqitgan va ularni “noinsoflar” deya atagandi.

Texnik nosozliklar tufayli “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish jarayoni 16-martgacha to‘xtatildi
13 mart 2024, 12:21

Texnik nosozliklar tufayli “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish jarayoni 16-martgacha to‘xtatildi

Texnik nosozliklar sabab “Ochiq budjet” portalida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi, deya xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ayni vaqtda mutaxassislar kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet”ga ovoz berish boshlanmoqda
12 mart 2024, 21:42

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet”ga ovoz berish boshlanmoqda

13-mart kuni “Tashabbusli budjet” loyihalariga ovoz berish boshlanadi. Fuqarolar mahalliy budjetning umumiy qiymati 3,02 trln so‘m bo‘lgan qismini taqsimlashda yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash hamda jihozlash va boshqa loyihalar bo‘yicha 28 919 ta loyihadan biriga ovoz berish orqali ishtirok etishi mumkin.

“Tashabbusli budjet”ning “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi qanday ishlaydi? Vazirlik javobi
1 fevral 2024, 11:22

“Tashabbusli budjet”ning “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi qanday ishlaydi? Vazirlik javobi

Endi “Tashabbusli budjet”dagi loyihalarda “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi amal qiladi. Ya’ni bir fuqaroda bir necha telefon raqami bo‘lsa ham, u faqat bittasidan ovoz bera oladi. Moliya vazirligiga ko‘ra, “SIM kartani kim ishlatayotgani ahamiyatsiz, u kimning nomidaligi muhim”. Batafsil.

Tashabbusli budjet 2-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi
16 sentabr 2023, 12:58

Tashabbusli budjet 2-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 2-mavsumiga ovoz berish 16-sentabrda yakunlandi. Jami 1187 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,4 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi. G‘olib bo‘lgan hududlarda yashovchilar g‘alabani bayram bilan nishonlashmoqda.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi
27 avgust 2023, 13:39

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Jarayon 16-sentabrga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 1,02 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz amalga oshirilgan yoki yakunlanmagan — “Yuksalish”
10 avgust 2023, 17:24

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz amalga oshirilgan yoki yakunlanmagan — “Yuksalish”

“Yuksalish” harakatining monitoringi davomida 2022-yilda “Tashabbusli budjet”da yutgan 50 dan ortiq loyihada ishlar sifatsiz qilingani, to‘liq moliyalashtirilmagani va yakuniga yetmagani aniqlandi.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi
14 iyul 2023, 16:54

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi. Bu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ham tashabbusli budjetlashtiriladi
5 may 2023, 10:12

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ham tashabbusli budjetlashtiriladi

Endilikda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023-yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portalida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda har bir mahallada 8 mlrd so‘mdan oshmagan loyihalar paketi shakllantiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting